
Merab Dvalashvili va Genri Sexudo "UFC 298" turnirida jang qiladi!
18 fevral kuni AQShning Anaxaym shahrida tashkil etiluvchi "UFC 298" turnirida o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasi vakili gruziyalik Merab Dvalishvili (16-4) promoushenning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Genri Sexudoga (16-3) qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili avvalgi jangini shu yilning mart oyida divizionning sobiq chempioni Pyotr Yanga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi. Sexudoga kelsak, u shu yilning may oyida jang o‘tkazgan va Aljameyn Sterlingga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar