
Merab Dvalishvili: "Bu hafta oxirida juda xavfli Merabni ko‘rasiz"
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili "UFC 316" turnirida amerikalik Shon O'Melliga qarshi jang haqida gapirdi.
"Bu hafta oxirida baxtli va juda xavfli Merabni ko‘rasiz. Agar Shon teykdaunlarimga qarshi tura olsa, men "stoyka"da uni nokaut qilaman. Bu mening rejam. U bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozonganimdan so‘ng, biroz dam olaman, keyin tezda qaytaman” — deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi UFC matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, O'Melli va Merab to‘qnashuvi 8 iyun kuni Las-Vegasdagi "UFC 316" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar