
Messi bir qarorga kelib bo‘lgan!
PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionligigi qo‘lga kiritganiga qaramay, klub bilan shartnomani yangilamaydi va mavsum yakunlanishi bilan Parijni tark etadi.
Messi PSJda qolmaslik bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar argentinalik yulduz bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Biroq, tomonlar yangi bitim borasida kelisha olmadi.
Ayni paytda Messining oldida ikkita variant turibdi. Biri “Barselona”ga qaytish va ikkinchisi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tib, mo‘may daromad topish.
Fikrlar