
Messi ishtirok etmagan uchrashuvda PSJ "Benfika"ni enga olmadi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan PSJ - "Benfika" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Kilian Mbappe 39-daqiqada penaltidan gol urib, bellashuvda hisobni ochdi. 62-daqiqada Joau Mariu ham 11 metrlik nuqatadan, unumli foydalanib farqni yo‘qqa chiqardi.
Ayni damda PSJ ham "Benfika" bir xil ochko to‘plagan holda, o‘z guruhida 1 va 2-o‘rinlarni band etib turibdi. Qizig‘i, bu ikki jamoaning to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkichlari ham teng - +3.
Fikrlar