Messi kelasi mavsum nomini tarixga muhrlaydi

  • 2 iyun, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Frantsiya chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin jahon futbolida sovrin jamg‘arish bo‘yicha rekordchi bo‘lib turgan Dani Alvesga etib oldi.

Tecno

Ayni paytda har ikki yulduz hisobida 43 tadan sovrin bor. Dani Alves hozir qamoqda o‘tiribdi. Lionel Messi esa kelasi mavsumda mutlaq rekord o‘rnatishni ko‘zlayapti.

35 yoshli Messi uzoq yillik faoliyati davomida 8 ta Ispaniya Superkubogi, bitta Frantsiya Superkubogi, 10 ta La Liga chempionligi, 2 ta Frantsiya chempionligi, 7 ta Ispaniya kubogini, 4 ta Chempionlar ligasi bosh sovrinini, 3 ta UEFA Superkubogini, 3 ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medalini, bir marotabadan Olimpiya o‘yinlari, Finalissimu, Kopa Amerika va jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Lionel Messi o‘zi ishtirok etib, g‘alaba qozona olmagan yagona turnir Frantsiya kubogi musobaqasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!