Messi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda darvozaga atigi bir bor zarba berdi!

  • 25 noyabr, 2021, 15:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Manchester Siti" o‘z maydonida PSJni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mehmonlar yulduzi Lionel Messi butun uchrashuv mobaynida Ederson darvozasi tomon atigi bir bor zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. U ham himoyachilar tomonidan bloklandi. Shuningdek, bir marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi.

Shunga qaramay, uning uzatmalar borasidagi ko‘rsatkichi yomon bo‘lmadi, 89%. Ya’ni, 44 pasdan 39 tasi manzilga aniq etib bordi. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi tur oldidan 8 ochko jamg‘argan parijliklar pley-off yo‘llanmasini naqd qilib ulgurdi. 1-pog‘onani band etgan "shaharliklar" 12 ochko to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!