Messi MTJ mashg‘ulotida ishtirok etdi

  • 25 mart, 2018, 16:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Marca.

Avvalroq Messining tizza osti paylari shikastlangani ma’lum bo‘lgandi. Argentina murabbiylar shtabi 30 yoshli futbolchining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmaslik uchun Italiyaga qarshi (2:0) o‘yinga uni maydonga tushirmadi.

Messi Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishni istayotganini aytib o‘tdi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!