Messi ularni unutmaydi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi o‘ziga ustozlik qilgan Xosep Gvardiola va Luis Enrikeni eng kuchli ikki murabbiy ekanini ta’kidladi.
- Ularning o‘ziga xos xususiyat bor. Har ikkisi sizni hamma narsani boricha qabul qilishga majbur etadi. G‘alabaga erishish uchun qanday tayyorlanish, uchrashuvda himoyalanish va hujum qilishni aytib bera oladi.
Men ularning qo‘l ostida jismonan va ruhan yuksalishga erishdim. Shuningdek, menga taktik tomondan aql bilan o‘ynashni o‘rgatishdi, - deydi Messi.
Lionel Messi bu murabbiylar qo‘l ostida Ispaniya chempionati, kubogi va Chempionlar ligasida bir necha bor g‘olib chiqqan.

Fikrlar