Messi va Neymar “fitna”ga sabab bo‘lyapti

  • 8 aprel, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchilari orasida murabbiylar shtabi, xususan, bosh murabbiy  Kristof Galtega nisbatan norozilik kuchayib bormoqda.

Tecno

RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, aksariyat o‘yinchilarga mashg‘ulot jarayoni ma’qul emas. Ayniqsa, bosh murabbiy ayrim futbolchilarni oldinda o‘ynatish evaziga qolganlarni himoya chizig‘ida ushlab qolayotgani ko‘p e’tiroz keltirib chiqarmoqda.

Bundan tashqari, bosh murabbiy janubiy amerikalik yulduzlar – Lionel Messi va Neymarni himoya qilib kelayotgani va boshqalardan ustun qo‘yishi jamoa ichida keskin noroziliklarga sabab bo‘lyapti.  

Ayrim futbolchilar o‘yin davomida ularga to‘p oshirilmayotgani, bosh murabbiy talabiga ko‘ra, paslarning hammasi argentinalik yulduzga uzatilayotganiga e’tiroz bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!