Messi va Ronaldu Gvardiola qo‘l ostida o‘ynaydimi?
PSJ sobiq futbolchisi Fabris Pankrat parijliklar rejalashtirayotgan super loyihani oshkor qildi.
- Manchester xunuk, seryomg‘ir va yoqimsiz shahar. Bu shaharda Messiga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘p jihatlar borligi uchun ham u Parijga kelishiga ishonaman. Rejaga ko‘ra, PSJ kelasi yili Krishtianu Ronalduni ham o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Yangi loyihada bosh murabbiylik Gvardiolaga topshiradi. Gvardiola bu masalani Messi bilan muhokama qilgan bo‘lishi kerak.
PSJ Gvardiola boshchiligida Ronaldu, Messi, Kilian Mbappe va Neymarni birlashtira olgan dunyodagi yagona jamoa sifatida tarixga kirmoqchi, - dedi Pankrat.
Yaqinda PSJ Neymar va Mbappeni saqlab qolish uchun Messini qo‘lga kiritishi lozimligi haqida ma’lumot tarqatilgandi. Avvalroq, esa Krishtianu Ronaldu ham bir necha marotaba Neymar va Mbappe bilan birga o‘ynamoqchi ekanini bildirgan.

Fikrlar