Messiga katta xaridor chiqdi. Vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin
“Chelsi”ni xarid qilgan Todd Byoli jamoasiga katta yulduzlarni olib kelishga qiziqar ekan. Yozda Krishtianu Ronalduni transfer qilishga qiziqqan amerikalik biznesmen endi Lionel Messini ko‘zlamoqda.
Argentinalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Todd Byoli bundan unumli foydalanib qolmoqchi. Unga Messining talablarini qondirish uchun moliyaviy muammo yo‘q.
35 yoshli hujumchining o‘zi kelajagini jahon chempionatidan keyin hal qilishini aytgani “Chelsi” xo‘jayiniga Messini transferga ko‘ndirish uchun vaqt va imkoniyat taqdim qiladi.
Mutaxassislar Ispaniya va Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan Messi uchun dunyoning eng kuchli chempionati hisoblangan Angliya premer-ligasida o‘ynash ham qiziq bo‘lishini aytmoqda.

Fikrlar