Messini "Barsa"ga qaytishi piarmi?

  • 6 aprel, 2023, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Lionel Messining kelajagi futbol olamidagi birinchi raqamli mavzu bo‘lib turibdi. Har kuni matbuotda PSJ yulduzining taqdiri haqida juda ko‘p turli xil xabarlar paydo bo‘lmoqda va bu ajablanarli emas. Boisi Messining Parij grandi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Tecno

So‘nggi kunlarda Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida ko‘proq gapirilmoqda. Biroq The Independent nashri o‘zining so‘nggi yangiliklarida Kataloniya klubi Messini qo‘lga kiritish bo‘yicha hozircha hech qanday chora ko‘rmagani, aniq taklif haqida gapirmagani haqida yozmoqda. Xabarda aytilishicha, "ko‘k-anor ranglilar" Lioneldan foydalanishi mumkin.

“Futbol sanoatida “Barselona” Messini olib kelish uchun mablag‘ga ega emasligi va futbolchining qaytishi haqidagi shov-shuvlar klub rahbariyati bu borada harakat qilganliklarini ko‘rsatish uchun PR bo‘lib qolgandek fikr bor”, — deyiladi maqolada.

Lionel Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etgan edi. O‘shanda ham klubda argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash uchun mablag‘ yo‘q edi.

Bundan avvalroq Messi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan bo‘lgan 400 million evrolik taklifni rad etgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!