
Messining qolgani “Barsa”ga zarar bo‘ldi!
“Barselona” ofisi xodimlaridan biri ishchilarga Lionel Messining klubda qolgani yoqmaganini oshkor qildi.
- Messi klubda qolishga qaror qilganida hafsalamiz pir bo‘ldi. Chunki klub rahbariyati Leo katta maosh to‘lash uchun qolganlarning oyligini qisqartirishini bilardik. Albatta, men Messini hurmat qilaman va klub hamda futbol oldidagi xizmatlarini qadrlayman. Lekin oilamni ko‘proq yaxshi ko‘raman va “Barselona”dagi ishimda uzoqroq ishlashni orzu qilaman, - dedi xodimlar nomidan gapirgan ishchi.
“Barselona” pandemiya natijasida barcha futbolchi va xodimlar maoshini qisqartirishga qaror qilgan. Messi esa klub tarixida eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar