Messining talabi erda qoldi

  • 27 aprel, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ mutasaddilari bilan yangi shartnomasi bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan Lionel Messining otasi Xorxe klubdan o‘g‘liga jahon chempioni darajasida maosh to‘lashni talab qilgan edi.

Tecno

Argentinalik yulduz ikki mavsumdan beri yiliga 38 million evro atrofida maosh olmoqda. Xorxe Messi endi bu summa amaldagi jahon chempionini qoniqtirmasligini uqtirmoqda. Ular yanada ko‘proq maosh talab qilyapti.

AS nashrining yozishicha, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy Messilar oilasi taklifini qabul qilmagan. Klub xo‘jayinlari futbolchiga avvalgi maosh saqlanib qolgan bir yillik bitim taklif qilyapti.

Manbaning ta’kidlashicha, Lionel Messi bir necha hafta muqaddam taqdim etilgan shartnomaga hali hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!