
"Metallurg" "Paxtakor" futbolchisini transfer qildi
Yozgi transfer oynasidan unumli foydalanish hamda hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirish maqsadida "Metallurg" PFK o‘z tarkibiga “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Abbos Ergashboevni qo‘shib oldi.
Abbos Ergashboev umidli yosh hujumchilardan sanaladi. Ikki yildan buyon “Paxtakor”ning asosiy tarkib o‘yinchilari bilan shug‘ullanib keldi. 2024 yilgi mavsumda Superliganing 10 ta uchrashuvi qaydnomasiga kiritildi va “Andijon”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushirildi.
Abbos Ergashboev “Paxtakor” yoshlar tarkibida O‘zbekiston chempionatlari sovrindori bo‘lgan. “Metallurg” mazkur futbolchini “Paxtakor”dan ijara asosida o‘z tarkibiga qabul qildi.
Abbos Ergashboev – 21 yoshda, 2003 yilning 28 mart sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Sirdaryo viloyati
Bo‘yi – 172 sm
Vazni – 68 kg
Ampluasi – hujumchi
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar