"Metallurg" "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir kun qolganda “Metallurg” PFK o‘z tarkibiga O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘yinchisi Mirkomil Abdurazzoqovni qo‘shib oldi.

“Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Mirkomil Abdurazzoqov “Metallurg” tarkibida ijara asosida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Mirkomil Abdurazzoqov 18 yoshda. 2004 yilning 26 yanvar sanasida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Ampluasi himoyachi. Mirkomil “Paxtakor U-21” jamoasi tarkibida birinchi davraning 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol kiritgan. Asosiy tarkib uchrashuvlarida qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!