
"Metallurg" PFKda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun “Metallurg” markaziy stadionidagi majlislar zalida klubning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda klub tasarrufidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar hisoboti ko‘rib chiqildi. Jamoalarning mavsum tayyorgarligi va starti tahlil etildi. Shuningdek, tizimlar oldiga qo‘yilgan maqsad vazifalarga erishish borasida qat’iy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ish intizomini kuchaytirish, yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar muvofiqligiga erishish yuzasidan fikr va mulohazalar bayon etildi.
Yig‘ilishda “Metallurg” PFK bosh direktori A. Ma’rifaliev, texnik direktor Sh.Saidov, klub yuristi Sh.Nurmatova, “Metallurg” PFKda uzoq yillardan buyon ushbu klubda faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassis Sh.Yo‘ldoshevlar ma’ruza qilishdi. Klubda ish intizomini oshirish, ishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish, berilgan topshiriq, vazifalarni o‘z vaqtida, mukammal bajarish singari dolzarb masalalar ko‘tarildi. “Metallurg” futzal jamoasidan S.Kurochkin, “Metallurg-vumen” jamoasidan R.Xoliqovlar ham so‘zga chiqishib, mazkur tizimlarda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida mulohazalarini bildirishdi.
Tabdir yakunida klub bosh direktori A.Ma’rifaliev kadrlar muvofiqligini ta’minlash borasidagi o‘z qarashlarini yig‘ilish ishtirokchilari yana bir bor bayon etdi. Tizimlarda ba’zi xodimlarning o‘z vazifalariga sidqidildan yondashmayotganligi, ishga vaqtida kelmaslik, topshiriqlarni bajarishdagi oqsash kabi holatlar tanqid qilindi. Klubda ish samaradorligini oshirish, ish intizomini kuchaytirish yuzasidan takliflarini bildirdi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Fikrlar