"Milan" 22 yoshli norvegiyalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 12 iyul, 2020, 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Seltik"ning norvegiyalik himoyachisi Kristoffer Ayerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

The Sunday Post nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” 22 yoshli futbolchi uchun 25 million evrodan voz kechishga tayyor.

Bundan avvalroq, Ayerga Madridning ikki grandi - "Real" va "Atletiko" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayer joriy mavsum “Seltik” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!