
"Milan" Germaniyadan himoyachi olib keladi
"Milan" klubi "Shalke" himoyachisi Matiya Nastasichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning ma’lum qilishicha, "rossonerilar" Kristofer Ayer ("Seltik") va Nikola Milenkovich ("Fiorentina") kabi himoyachilar bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangach, aynan 27 yoshli serbiyalik futbolchining nomzodiga to‘xtalgan.
“Milan” Nastasichni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar