"Milan" himoyachisi PSVni qiziqtirib qo‘ydi
"Milan" himoyachisi Rikardo Rodriges faoliyatini Gollandiya chepionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra eyndxovenliklar tezkorlik bilan chap qanot himoyachisi sotib olishmoqchi va bu borada ular aynan “rossonerilar” futbolchisiga qiziqib qolishdi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli shveytsariyalik futbolchi “Milan” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 93 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar