"Milan" "Lokomotiv" futbolchisi uchun kurashdan chiqdi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk ortiq "Milan"ni qiziqtirmaydi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rossiyalik futbolchini sotib olish rejasidan qaytish "Milan" sport direktori Zvonimir Boban tomonidan ilgari surilgan. Boban Miranchuk o‘rniga boshqa futbolchilarga e’tiborni qaratishni aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Miranchuk uchun Italiyaning boshqa bir grandi – “Yuventus” ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Aleksey joriy mavsum “Lokomotiv” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar