"Milan" qishda hech kimga bermagan xavbekini transferga qo‘yadi

  • 26 iyul, 2020, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoa ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" rahbariyati 23 yoshli futbolchini 30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Ivuarlik xavbek uchun "Napoli", "Monako" va "Vulverxempton" klublari da’vogarlik qilishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Kesse A Seriya bahslarida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!