Millatlar ligasi. E’tibordan chetda qolgan o‘yinni Manchester klublari futbolchilari yondirdi
Millatlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Shvetsiya - Norvegiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Norvegiya safida Xoland dubl muallifiga aylandi. Mezbonlarning yagona goliga Elanga mualliflik qildi.
Ayni vaqtda norvegiyaliklar o‘z guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 3 ochkosi bor Shvetsiya 3-pog‘onani band etgan.

Fikrlar