Mirjalol Qosimov: «Xudo xohlasa chempionatda yaxshi qatnashib, kelasi yili OChLda yana ko‘rishamiz»

CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘rin olgan AGMK va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, matbuot anjumanida olmaliqliklar  bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

– O‘yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli o‘tdi. Buni kechagi matbuot anjumanida ham ta’kidlab o‘tgandim. Kecha aytganimdek, AGMK muxlislar uchun g‘alabaga o‘ynadi va jamoa g‘ururini himoya qilish uchun ham kurashdi. AGMK musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiradi. Biz birgina muxlis bizga ishqibozlik qilsa ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Albatta, bugungi bahs ham og‘ir bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, "Istiqlol" klubini pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan jamoamiz nomidan tabriklayman.

Biz joylashgan "kvartet" juda kuchli guruh edi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Hattoki, "Al-Hilol"dek kuchli jamoaning taqdiri boshqa guruhdagi o‘yinga bog‘lanib qoldi.

Musobaqani yuqori darajada tashkil etgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot esa davom etadi. Endi bor e’tiborni ichki chempionatga qaratamiz. Xudo xohlasa bu yil chempionatda yaxshi harakat qilsak, kelasi mavsumda yana OChL musobaqasida ko‘rishamiz, degan umiddaman.

— Deyarli 3 hafta davomida zich taqvimda 6ta uchrashuv o‘tkazildi. Shunday bo‘lsada, futbolchilarning harakatidan qoniqdingizmi?

— Biz o‘yinlarni tahlil qilib chiqamiz. Buning uchun bizga biroz vaqt kerak. Fursatdan foydalanib futbolchilarga rahmat aytaman hamda ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar har qanday holatda ham oxirigacha kurashishdi. Bizni chempionat o‘yinlari kutmoqda. Dam olishga vaqt yo‘q. Lekin shunga qaramasdan yigitlar bo‘lajak o‘yinlarga tayyor. Biz jiddiy guruhdan o‘rin olib, kuchli jamoalar bilan o‘ynadik hamda bu futbolchilarga o‘ziga xos maktab bo‘ldi va ushbu musobaqa ularni kelajakda o‘sishlariga yordam beradi, deb o‘ylayman.

— Jamoaingizdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berdingiz. Xususan yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bu jihat ularga kelajakda as qotadimi?

— Albatta bu as qotadi. Bunday nufuzli musobaqada kuchli jamoalar bilan bellashish, kurashish ularga kelajakda futbolchi sifatida o‘sishlariga yordam beradi. Ular ham musobaqadagi ishtirokidan to‘g‘ri xulosa qilib, qaerga intilish kerakligini tushunib olishadi, deb o‘ylayman. Sport bu kurashish degani. Doim yuqoriga kurashib, cho‘qqiga intilish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
01/05/2021 23:19
НИМА БЎЛГАН ТАҚДИРДА ҲАМ БУ ЙИЛГИ ОЧЛ ЯНА КЎРСАТИБ БЕРДИ БИЗНИНГ ФУТБОЛИМИЗНИ БУГУНГИ КУНДАГИ АҲВОЛИНИ, МАВҚИЙИНИ. АЧЧИҚ ҲАҚИҚАТ ШУ КИ АҲВОЛ БОРГАН САРИ ЁМОНЛАШИБ БОРМОҚДА ЎЗБЕК ФУТБОЛИДА. ЎФА ВА ПФЛ ХОДИМЛАРИ ЎЗ ВАҚТИДА КЎЗЛАРИНИ ОЧИШМАСА, РИВОЖЛАНИШНИНГ ЯНГИ БОСҚИЧИ ТОМОН ЮРИШМАСА, БУ ҲОЛ ДАВОМ ЭТАВЕРСА, БИЗ УЧУН КЕЛАЙОТГАН ЖЧ САРАЛАШИ ҲАМ ҲУДДИ ШУНДАЙ НУРСИЗ ЎТИБ, ЯНА ЖЧ СИЗ ҚОЛИБ КЕТИШИМИЗ МУМКИН, ҲАТТО ФУТБОЛ ТОЖИКИСТОНДА ҲАМ РИВОЖЛАНИБ БОРМОҚДА, БАС ШУНДАЙ ЭКАН КЎЗЛАРИНИ ВАҚТИДА ОЧМАСА ФУТБОЛИМИЗ МЦТАСАДДИЛАРИ ЭРТАГА КЕЧ БЎЛИБ ҚОЛИШИ ҲЕЧ ГАПМАС. АҲИР ҚАНЧАДАН ҚАНЧА МУХЛИСЛАР ЎЗБ.НИ ЖЧ ДА КЎРАРМИКИНМИЗ ДЕБ УМРЛАРИ ЎТИБ, БАЪЗИЛАРИ ЎЗЛАРИ ҲАМ БУ ҲАЁТДАН ЎТИБ КЕТДИЛАР. ШУНДАЙ МУҲЛИСЛАРНИ ШАҲСАН МЕН ЎЗИМ ТАНИР ЭДИМ. НИМА ЭНДИ БИЗ ҲАМ ЖЧ ЛАРНИ КЎРМАЙ КЕТАЙЛИКМИ. ҲАЛОЛЛИК ВА АДОЛАТНИ БИРИНЧИ ЎРИНГА ЧИҚАРИШ ВАҚТЛАРИ ҲАМ ЕТИБ КЕЛГАНДИР АҲИР, ҚАЧОНГАЧА МУҲЛИСЛАР НОРОЗИ БУЛАДИ АДОЛАТ ЙЎҚ, ТАНШ БЛИШЧИЛИК КАРУПСИЯ БЎЛМОҚДА ДЕБ. ҲАЛОЛЛИК ВА АДОЛАТ БЎЛСА ЖЧ ГА ҲАМ ЧИҚАРМИЗ ЭҲТИМОЛ...... КУТИБ ҚОЛАМИЗ, САБР ҚИЛАМИЗ ЯНА ВА ЯНА...
Akbarali Abdunazarov
01/05/2021 17:58
УФАга Р.Акрамов, хакамликмфаолиятини тугатган Н.Лутфулин, К.Смирновга ухшаган инсонларни куйиш керак!
Abbos Axmedov
01/05/2021 15:31
Уффа ва пфрл дагилар ўзларидан олдинги бўлган инсонларни айблаб айбларни ўшаларга тўнкашга харакат қилади ва ўзлари олиб борайоткан ишни махташади масалан Дийор имом хўжаев мақтанчо озгина йошли қиляти хозирги лавозимига
Baxil Alihuja
01/05/2021 13:03
Миржалол акага рахмат! Клубларимизни шарманда булишида Миржалол акани айби йук. ПФЛ ва УФ Ассоциа даги харомхур хоинлар бироз харакат килишганда эди. Термамиз ЖЧ га хам чикар эди, клубларимиз ОЧЛ финалига хам чикар эди!