
Modrich “Manchester Siti” taklifiga javob berdi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasiga “Real” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Luka Modrichni qo‘shib olish istagini bildirgan edi.
Xorvatiyalik yarim himoyachi bu chorlovni qabul qilmadi. “Oltin to‘p” sohibi “Qirollik klubi”ning hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha taklifiga rozilik berishga qaror qilgan.
36 yoshli futbolchi yuqori sport formasini saqlab turibdi va samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Modrich joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar