
"Monako" yarim himoyachisi yarim yilga futboldan chetlatilishi mumkin
"Monako" Frantsiya chempionati 22-turi doirasida "Nim" klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 32-daqiqasida xakam monegasklar futbolchilaridan ikkitasiga qizil kartochka ko‘rsatib maydondan chetlatdi.
Avvaliga "Monako" yarim himoyachisi Temue Bakayokoni "Nim" futbolchisi Romen Filippotoga ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolab maydondan chetlatdi.
Vaziyatdan norozi bo‘lgan "monegasklar" xavbeki Jelson Martinsh esa xakamni turtib yubordi. Bu uchun yarim himoyachi ham qizil kartochka bilan jazolandi. Ammo 24 yoshli futbolchi maydonni tark etayotib yana bir marotaba arbitrni turtib yubordi.
Endi esa portugaliyalik yarim himoyachi 8 o‘yindan 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Martinsh haqidagi futbol federatsiya qarori chorshanba kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar