"Moscow Grand-Prix Final". Taekvondochilarimiz bugun Moskvada mashg‘ulot o‘tkazishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6-7 dekabr kunlari Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik ikki nafar taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora ishtirok etadi.

Kecha terma jamoamiz delegatsiyasi Rossiya poytaxtiga etib bordi. Bugun sportchilarimiz Moskva shahrida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazishadi.

Bundan tashqari bugun hakamlar, shifokorlar va terma jamoa boshliqlari uchun yig‘ilishlar bo‘lib o‘tadi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
04/12/2019 20:46
Shokin chiqolmaganmikan?