Mourino: Agar men finalni yutsam...

  • 25 may, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Konferentsiyalar ligasi finalida Nilderlandiyaning “Feyenoord” jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tecno

picture_8

- Biz mavsumnin so‘nggi pallasida birdaniga ikkita finalga duch keldik. Ulardan birinchisida, ya’ni A Seriyaning so‘nggi o‘yinida “Torino”ni Turinda yirik hisobda engib, kelasi mavsum Evropa ligasi yo‘llanmasini naqd qildik.

Biz Evrokuboklar finaliga chiqib, tarixga kirdik, endi ushbu turnirda g‘olib chiqib tarix kitobida o‘z sahifamizni yoshimiz kerak bo‘ladi.

Bor e’tiborim finalga qaratilgan. Miyamda boshqa hech narsaga o‘rin yo‘q. Bo‘lajak final men uchun go‘yki faoliyatida birinchisidek. Bu borada hech qanday yangilik bo‘lgani yo‘q. Biz ishtiyoqni saqlab qoldik, shu bilan birga maqsadimizdan chalg‘iganimiz ham yo‘q. O‘yinchilar ham diqqatini final uchrashuviga jamlagan, ularning ishtiyoqi baland va ular hal qiluvchi bahsda qatnashishidan o‘zlarini baxtiyor his qilmoqda.

Agar biz finalda g‘alaba qozonsak, men barcha Evrokuboklarni yutgan murabbiyga aylanaman. Lekin bu faqat o‘yinni muvaffaqiyatli yakunlasak yuz beradigan holat Hammasini butun bir jarayonning bir bo‘lagi sifatida baholash kerak.

Bo‘lajak o‘yinda – faqat futbolchilarning ishi qoldi xolos, murabbiylar chetdan ularning harakatini kuzatib turadi xolos. Murabbiylar o‘z ishlarini yakunlab bo‘ldi. Bu mavsumning oxirgi uchrashuvidir.

Finalda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar, mavsum men uchun ijobiy o‘tdi. Konferentsiyalar ligasi finali Albaniya va Tirana uchun o‘ziga xos voqea bo‘ladi. Stadion zo‘r ekan. Men bu erda o‘ynashdan mamnunman. Sehru jodu va irim-sirimlarga ishonmayman. Bu erda qo‘shimcha hech qanrsa qilib bo‘lmaydi, faqatgina mas’uliyatni chuqur his qilgan holda,  o‘zimizning eng yaxshi sifatlarimizni namoyon qilib, bor imkoniyatimizdan foydalanib, bir jamoa bo‘lib o‘ynashimiz kerak.

“Benazir”ning tarixi endi o‘tmishda qoldi. O‘shanda faoliyatimning ilk davrlari edi. Yoshing o‘tgani sari barqarorlagib borar ekansan va o‘zingni emas, boshqalar haqida ko‘proq o‘ylarkansan. Men sehrga ishonmayman. Mavsum oxirida finalga etib keldingmi, unda barcha ish qilib bo‘lingan hisoblanadi. Biror bir shaxs emas, butun jamoa o‘zini ko‘rsatadigan davr keldi, - dedi Joze Mourino.

“Feyenoord”ga qarshi uchrashuv “Roma” uchun Konferentsiyalar ligasidagi 15-bahs bo‘ladi. Rim klubi o‘u paytga qadar ikki marta Evrokubok finallarida o‘ynagan. 1984 yili

Evropa chempionlari kubogi (hozirgi Chempionlar ligasi) turniri hal qiluvchi bahsida “Liverpul”dan mag‘lubiyatga uchragan.

Rimliklar xalqaro maydondagi so‘nggi finalini 1991 yili o‘tkazgan. O‘shanda poytaxt “bo‘rilari” UEFA kubogi (hozirgi Evropa ligasi) hal qiluvchi bahsida “Inter”ga yutqazib qo‘ygan.

Joze Mourinoning bu boradagi shaxsiy ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Portugaliyalik mutaxassis “Portu”ni boshqargan davrda o‘z hamyurtlarini 2002-2003 yilgi mavsumda UEFA kubogi, bir yildan so‘ng Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.

2009-2010 yilgi mavsumda “Inter” jamoasi bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasida ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

1516908196177995286

Mourinoning xalqaro maydondagi so‘nggi g‘alabali yurishi 2016-2017 yilgi mavsumda qayd etilgan. O‘shanda tajribali murabbiy “Manchester Yunayted” bilan Evropa ligasida g‘olib chiqqan.

Qizig‘i shundaki, o‘sha sovrin “Manchester Yunayted”dek qudratli jamoa uchun ham oxirgisi bo‘lib turibdi.

Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?

Evropani ko‘zlagan Umarovning o‘yiniga agentlar to‘sqinlik qilyapti va uni boshqa klubga o‘tkazishmoqchi!

Shomurodov “Roma”ga kerakli ekanini isbotlay olmadi?

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!