Mourino “Roma” eshiklarini “Chelsi” yulduzlariga ochdi!

  • 27 mart, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourinoga “Chelsi” tarbiyasini ko‘rgan yosh futbolchilar juda ma’qul kelmoqda. Ayniqsa, o‘tgan yili yozda “aristokratlar”dan olingan Temmi Abraxam rimliklarning g‘alabalariga katta hissa qo‘shib kelayotgani “Chelsi” o‘yinchilariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Tecno

010324_m

Endi portugaliyalik mutaxassis londonliklar akademiyasini bitirgan 22 yoshli Konor Gallaxerni o‘z jamoasiga chorlamoqda. Gallaxer hali asosiy jamoada birorta uchrashuv o‘tkazmagan. Joriy mavsumda ijara asosida “Kristal Pelas” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Gallaxer bu jamoadagi o‘yinlari orqali sifatli futbolchi ekanini namoyish eta oldi. Angliya premer-ligasida 25 ta uchrashuvda qatnashgan yarim himoyachi raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas oshirdi.

“Kristal Pelas” etakchisiga aylangan o‘yinchi ayni paytda bir necha klublar nishonida turibdi. Tomas Tuxel ham uni yozda asosiy tarkibga jalb qilib, mavsum oldi yig‘inlarida shaxsan sinovdan o‘tkazmoqchi.

Shunga qaramay, Joze Mourino angliyalik iste’dodi egasini Rimga kelishiga qat’iy ishonmoqda.

1004494388-1000x600

Mourinoga zo‘r himoyachi kerak

“Roma” skautlari yozda jamoaga olib kelinadigan chap qanot himoyachisi qidirmoqda. Ular anchadan beri “Feyenoord”da muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan argentinalik Markos Senezini kuzatyapti.

24 yoshli futbolchining niderlandiyaliklar bilan hamkorligini bir yildan so‘ng yakunlanadi. Rim klubi vakillari mavsum oxirigacha u bilan kelisha olsa, yozda 15 million evro evaziga xarid qilishi kutilmoqda.

Italiya pasportiga ega bo‘lgan Senezi joriy mavsumda 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi, o‘zining himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasiga bir juft to‘p kiritdi va uchta golli pas uzatdi.

94911cd8b6f9b6207c7f9fcdb2569e0d-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Hamma kutgan himoyachi tez orada qaytadi

“Roma”ning tajribali himoyachisi Leonardo Spinatstsola aprel oyida safga qaytadigan bo‘ldi. 29 yoshli himoyachi o‘tgan yili yozda Italiya terma jamoasi safida Evropa Chempionati doirasidagi uchrashuvda og‘ir jarohat olgandi.

Spinatstsola jarohatini operatsiya qildirib, to‘liq tiklanishi uchun 9 oy davomida futboldan chetdi yurdi. Ayni paytda futbolchi o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Kelasi hafta davomida Spinatstsola Finlyandiyaning Turku shahriga borib o‘zini operatsiya qilgan jarrohlar ko‘rigidan o‘tadi.

Mutaxassislar tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda Spinatstsola 14 aprel kuni Konferentsiyalar ligasi doirasida Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi bo‘ladigan bellashuvda qatnashishi mumkinlini taxmin qilmoqda.

-1579020784

Rimliklar “Sassuolo” futbolchisining sotilishini kutmoqda

“Sassuolo” yarim himoyachisi Davide Frattezi tez orada jamoasini yangilashi kutilmoqda. 22 yoshli futbolchiga “Inter” va “Yuventus”dan qiziqish borligi aytilmoqda.

Frattezi “Roma” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rimliklar iste’dodli o‘yinchini 2017 yili 5 million evroga “Sassuolo”ga sotib yuboriganida uning kelajakdagi transferidan ulush olishi belgilab qo‘yilgan. Shu bois, poytaxt klubi ham Frattezining transferidan manfaatdor.

“Sassuolo” Frattezini olganidan keyin bu o‘yinchini bir necha yil davomida “Askoli”, “Empoli”, “Montsa” klublarida ijarada o‘ynaydi. Joriy mavsumda Davide “Sassuolo” safida mazmunli o‘yin ko‘rsatmoqda. U A Seriyada 29 ta uchrashuvda to‘rtta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

Hozirgi klubi bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transferi 20 million evroga baholangan.

1646849824_sassuolo

“Roma”da qolmayman!

“Roma”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Shomurodov ham ketishga tayyor!

Shomurodovga imkon bormi? Mourino Abraxamga yangi sherik tanladi!

Masharipovning jamoadoshi Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!