“Roma”da qolmayman!

  • 26 mart, 2022, 17:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rim klubi yarim himoyachisi Brayan Kristante Joze Mourino jamoasini tark etishga qaror qildi. Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis yarim himoyada o‘ynayotganlardan faqatgina Lorentso Pellegrinining o‘yinidan qoniqayotgani va faqat uni olib qolishi haqida xabarlar chiqqan edi.

Italiya matbuotining yozishicha, mavsumni faol o‘tkazayotgan Brayan Kristante 2024 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomasini yangilamaydigan bo‘ldi. Yarim himoyachining bu qarori klub mutasaddilari yozda uni sotib yuborishga majbur qiladi. Chunki yana bir yil vaqt o‘tsa, futbolchining transfer summasi arzonlab ketadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli o‘yinchi o‘z agenti Beppe Rizoga yangi jamoa topish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ayni paytda italiyalik charm to‘p ustasiga “Sevilya”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Uning transfer summasi 17 million evroga baholanmoqda.

Kristante joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 marotaba maydonga tushib, o‘z hitsobiga uchta gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.

U faoliyati davomida “Atalanta”, “Benfika”, “Peskara”, “Palermo” va o‘zini tarbiyalagan “Milan” klublari sharafini himoya qilgan.

7-pend-210831116-0851ba25-1b15-409f-8290-4c87571f2ea5-cropstart-x-0-y-1-x2-400-y2-229.57142857143-w-400-h-228.57142857143-cropend

Veretu bo‘yicha muhokama boshlandi

“Roma”dan ketishga chog‘langan o‘yinchilardan yana biri Jordan Veretu hisoblanadi. Frantsiyalik tayanch yarim himoyachisining o‘yini ham Joze Mourinoga ma’qul kelmagan.

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga Frantsiya chempionati etakchilaridan “Marsel” jiddiy qiziqish bildirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Rim klubi marselliklarning Veretu transferi bo‘yicha birinchi taklifini rad etdi.

“Roma” mutasaddilari Veretu uchun 20 million evro talab qilmoqda. O‘yinchiga Angliyaning bir necha klublaridan chorlov bo‘layotganini inobat olgan “bo‘rilar” bu summani pasaytirmoqchi emas.

Veretu hozircha 39 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldaga shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

MuhCuPL

“Roma” grandlar bilan raqobatlashmoqda

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto PSJdan Marko Verattini transfer qilish bo‘yicha ish boshladi.

Fichajes nashrining xabar berishicha, italiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun “bo‘rilar” Evropa futboli grandlari – “Manchester Yunayted” va “Inter” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

PSJ tajribali yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etishini inobatga olib, uning transferini 55 million evroga baholamoqda.

Markoning o‘zi ham Parij klubida o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va jamoasini yangilashga qarshi emas. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

29 yoshli yarim himoyachi uchun Italiya chempionati begona emas. Ilgari A Seriyada “Peskara” jamoasi sharafini himoya qilgan Veratti PSJga 2012 yilda ko‘chib o‘tgandi.

111__226

Smolling – himoya ustuni

“Roma” himoyachisi Kris Smolling yana barqaror o‘yin namoyish etayotgani bilan mutaxassislar e’tiboriga tushdi. 32 yoshli futbolchi chempionatning ikkinchi yarmida faqatgina “Kalyari”ga qarshi bitta uchrashuvni o‘tkazib yubordi xolos.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, angliyalik futbolchining ishonchi o‘yini “bo‘rilar”ning himoya chizig‘i mustahkamligini ta’minlamoqda. “Roma” Smolling o‘ynagan ettita uchrashuvdan to‘rttasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani ana shunday dalolat bermoqda.

Yana bir ajoyib fakt shuki: tajribali himoyachi bu o‘yinlarda birorta ogohlantirish olmadi va atigi sakkizta vaziyatda fol ishlatdi xolos. Bu markaziy himoyachilar uchun juda yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Umumiy hisobda Smolling jami 27 marotaba maydonga tushib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.

Kris rimliklar safida 2019 yildan beri o‘ynamoqda. U o‘zining yulduzli davrini “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan.

443714

“Roma”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Shomurodov ham ketishga tayyor!

“Roma” Abraxamni dahshatli summaga sotadi! Balki Shomurodovga endi joy tegar…

“Roma” hujumchisining narxini aytdi. Rimni kim tark etadi?

Masharipovning jamoadoshi Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

Abraxam Shomurodovni “sindirdi”, Mourino esa “Chelsi”dan yana o‘yinchi oladi!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!