Shomurodovga imkon bormi? Mourino Abraxamga yangi sherik tanladi!

  • 26 mart, 2022, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yozda “Roma”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladigan ko‘rinadi. Joze Mourino barcha chiziqlar qatori hujumda ham islohotlarni amalga oshiradi. Tabiiyki, asosiy to‘purar vazifasini Temmi Abraxam bajaradi. Angliyalik yulduz buni mahorat bilan uddalamoqda. Abraxamni birinchi bo‘lib sotib olish huquqiga ega “Chelsi” ham hujumchini 2023 yilning yozigacha bezovta qila olmaydi.

Mourinoning oldida turgan asosiy vazifa Temmi Abraxamga sherik tanlash. Hozircha, bu ishni Nikolo Dzanolo uddalab kelyapti.

010324_m

Rim klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dzanolo poytaxtda uzoq qolmaydi. Unga superklublardan chorlov etarli. Agar “bo‘rilar” bilan shartnomani yangilab qo‘ymasa, uning xaridorlariga transferni amalga oshirish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

“Roma”dagi qolgan forvardlar – Eldor Shomurodov, Stefan El-Shaaravi, Karles Peres, Feliks Afena-Gyan ham portugaliyalik mutaxassisning ishonchini to‘la qozona olgani yo‘q. Ular aksariyat vaqtini zaxirada o‘tkazmoqda.

Klub sport direktori Tyago Pinto bosh murabbiyi topshirig‘iga ko‘ra, Temmi Abraxam bilan elkama-elka o‘ynay oladigan iste’dodli hujumchi qidirmoqda.

Hozircha, asosiy nomzod sifatida Jakomo Raspadori tilga tushdi. “Sassuolo” tarbiyalanuvchisi katta klublarda o‘ynash darajasiga etdi. 22 yoshli hujumchining o‘yin uslubi va harakat qilishi mumkin bo‘lgan pozitsiyalar Joze Mourino ko‘p ishlatadigan sxemalarning barchasiga mos tushadi. Raspadorining asosiy ampluasi markaziy hujumchi. U xuddi Eldor Shomurodovdek ikkinchi hujumchi va chap qanot hujumchisi sifatida o‘ynay oladi. Qo‘shimchasiga pleymeyker zonasidan hujum tashkil qilish va o‘zi ham darvozaga xavf solishni yaxshi uddalaydi. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘p funktsiyali universal hujumchi.

“Sassuolo” tarbiyalanuvchisi 2018 yildan beri asosiy jamoada ter to‘kmoqda. Joriy mavsumda A Seriyada 28 ta uchrashuvda 9 ta gol urib, beshta golli pas oshirdi. Jakomo chempionat davomida “Verona”, “Spetsiya”, “Latsio”,  “Empoli”, “Torino”, “Inter”, “Venetsiya” darvozalarini ishg‘ol qildi. U gol urgan o‘yinlarda jamoasi biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.

28cdba

Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Rim klubi Raspadoridan tashqari “Valensiya” hujumchisi Gonsalo Gedeshga ham qiziqish bildiryapti.  Portugaliyalik futbolchining ispaniyaliklar bilan hamkorligi 2023 yilda yakunlanadi. Shunga qaramay, uni olish uchun 30 million evro atrofida mablag‘ tayyorlab qo‘yish kerak.

Qizig‘i shundaki, Gedesh ham xuddi Raspadori singari Eldor Shomurodov o‘ynaydigan pozitsiyalar – hujumchi markazi va chap qanotida mahorat ko‘rsatib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchi hujumchi ortida ham o‘zini erkin his qiladi.

Gedesh joriy mavsumda Ispaniya chempionati va mamlakat kubogida jami 33 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 13 ta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi. “Valensiya” safida hozir undan ko‘p gol urgan futbolchi yo‘q.

Gonsalu iqtidorlar fabrikasi hisoblangan “Benfika” tarbiyalanuvchisi. Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgunga qadar PSJda ham faoliyat yuritgan.

452785

Calciomercato.com saytining xabariga qaraganda, “Roma” mutasaddilarida yana ikki nafar hujumchi nomzodi bor.

Ulardan biri “An-Nasr”da o‘ynayotgan braziliyalik Taliska. Taliska esa joriy mavsumda “An-Nasr” uchun 25 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va ikkita assistni amalga oshirdi. Taliska faoliyati davomida o‘z yurtida “Baiya” jamoasi sharafini himoya qilgan. 2014 yili Evropaga kelib, “Benfika” va “Beshiktosh”da o‘ynadi. Keyinchalik “Guanchjou Evergrand”da to‘p tepgan tajribali futbolchi o‘tgan yili Saudiya jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mourino Taliskani “Benfika”dagi faoliyatidan yaxshi biladi. 28 yoshli hujumkor o‘yinchini Rimga olib kelish fikri ham aynan Mourinodan chiqqan. Taliskaning o‘zi ham Evropaga qaytish ilinjida yuribdi. Amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan Taliska transfermarkt portali tomonidan 11,5 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, uning transferini ancha arzonga hal qilish mumkin.

“Ayntraxt” safida o‘ynayotgan hujumkor futbolchi Filip Kostich ham yozda “Roma”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Serbiyalik o‘yinchi chap qanotdan hujum uyushtirishda faol. O‘ng qanot yarim himoyasida ham o‘ynay oladi.

Bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchi joriy mavsumda Bundesliga va Evropa ligasida jami 31 marotaba maydonga tushib,  to‘rtta gol va 12 ta assist qayd etdi.

289d58

Ko‘rinib turibdiki, to‘rt nomzoddan uchtasi Eldor Shomurodov pozitsiyasida o‘ynaydi va legionerimizning o‘rnini bosishi mumkin. Hujumchimiz balki joriy mavsum oxiriga qadar Mourinoning o‘zi haqidagi fikrini o‘zgartirar, ishonchini qayta qozonar. Nima bo‘lgan taqdirda ham Shomurodov unga etarlicha imkon berishlariga munosib hujumchi ekanini unutmasligimiz kerak. Imkon berilsa, u ham gol ura oladi, golli pas bera oladi. Buni bir necha bor isbotlab ham bo‘lgan. Faqat Mourino unga taqdim etayotgan vaqt ichida buni uddalash amri mahol xolos.

Abraxam Shomurodovni “sindirdi”, Mourino esa “Chelsi”dan yana o‘yinchi oladi!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!