Mourino “Roma” etakchisi bilan urishib qoldi
O‘ziga xos xarakterga ega Joze Mourino yana o‘z shogirdi bilan kelisha olmay qoldi. Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis zaxira o‘rindig‘idagi o‘yinchilarni hech narsaga yaramasligini aytib, ularni tanqid qilgandi.
Endi esa, Mourino etakchi o‘yinchilardan biri Nikolo Dzanolo bilan urishib qolgani aytilmoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, Joze o‘z shogirdini o‘yinlarda salohiyatini to‘liq namoyish etmayotganlikda ayblagan. Bunga Nikolo keskin e’tiroz bildirgan.
Keyinroq, Joze Mourino va Nikolo Dzanolo yakkama-yakka gaplashib olganidan keyin mojaro barham topdi.
Dzanolo joriy mavsumda A Seriyada 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar