Mourino tanlovda adashdi, bu hujumchi o‘z ishining ustasi emas!

  • 9 dekabr, 2021, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”ning muvaffaqiyatsizliklari ortidan Joze Mourino va u Rimga olib kelgan futbolchilar tanqidga nishon bo‘lmoqda.

1985-1988 yillar davomida “Roma”da o‘ynagan va hozirda Polsha futbol federatsiyasini boshqarayotgan Zbignev Bonek Italiyaning  IL Messaggero nashriga bergan intervyusida Mourinoning faoliyatiga munosabat bildirdi.

- “Inter”ga qarshi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga kelgan edim, lekin ko‘radigan o‘yinning o‘zi yo‘q. Mourino bahsdan keyin mag‘lubiyatni etakchi o‘yinchilarning yo‘qligi bilan izohlamoqchi bo‘ldi. Balki shundaydir. Lekin “Roma” hozir “Inter”dan kuchsiz. Yo‘qotilgan futbolchilar evaziga yanada zaiflashib qoldi. Agar shu mantiqdan kelib chiqsak, “Venetsiya”, “Verona” va “Bolonya” murabbiylari qanday qilib rimliklarni mag‘lub etishni uddaladi?

Men Jozening xizmatlarini qadrlayman. Lekin undan ko‘proq natija kutgandim. Endi “Roma” to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga umid qilishdan boshqa chora qolmadi.

Men barcha uy uchrashuvlarini bevosita tomosha qilyapman va ko‘pincha ayd etilayotgan natija  tushunmovchiliklarni keltirib chiqaryapti. “Fiorentina” bilan o‘yinda Dragovski maydondan chetlatilguncha “Roma” hech narsa qila olmadi, “Sassuolo” va “Torino”ga qarshi bahslarda ham ancha qiynaldik. Yaxshiroq o‘ynash kerak.

Tottining hammani sabrga chaqirgani to‘g‘ri. E’tiborli jihati shundaki, jamoa sotib olinmaydi, aksincha yaratiladi. 11 nafar eng zo‘r futbolchini xarid qilib, shundoq yutib ketolmaysiz. Bundan tashqari, hozirgi moliyaviy inqiroz davrida klub siyosati bunga yo‘l ochadi, deb o‘ylamayman.

Tarkib kuchaytirilishi adolatli qaror, biroq Mourino o‘z jamoasining o‘yiniga e’tibor qaratishi, o‘yinchilarni boshqaradigan murabbiydan o‘yinni quradigan mutaxassisga aylanishi talab etiladi. Agar u o‘yinni yangi futbolchilar olib kelish orqali kuchaytirmoqchi bo‘lsa, bu juda qiyin masala. Kimlarni olib kelish mumkin? Dunyoning eng zo‘r klublari xarid qilayotgan futbolchilarnimi?

Masalan, Temmi Abraxamni olaylik. Uni yulduz darajasidagi hujumchi sifatida ta’riflashdi. Gap bir yil oldin “Chelsi”ning uchinchi hujumchisi bo‘lgan iqtidorli o‘yinchi haqida ketyapti. Unga vaqt berishdi, endi u qulay vaziyatlardan foydalanishning ustasi emasligi bilinib qoldi.

1-70

Nikolo Dzanoloda salohiyat va jismoniy quvvat bor, bu uni boshqalardan ajratib turadi. Menimcha, muammo uning maydondagi joylashuvida. Uni qaerda o‘ynatish kerak?

Ba’zan qanotda, ayrim holatlarda ikkinchi hujumchi bo‘lib to‘p tepyapti. Nikoloni to‘g‘ri pozitsiyaga qo‘yib, faqat individual tarzda o‘ynash mumkinmasligini tushuntirish kerak. U raqibni aldab o‘tmayapti, aksincha, o‘yin qoidasi buzilishini kutyapti. Oqibatda yutqazmoqda, - dedi Zbignev Bonek.

“Roma” qiynalib qoladi

“Roma” mutasaddilari “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Korenten Tolissoni transfer qilmoqchi ekani haqida xabar tarqatilgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar bu maqsadidan qaytishi mumkin.

Manbalarning xabar berishicha, frantsiyalik yarim himoyachi bir mavsum uchun 6,5 million evro miqdorida maosh so‘ramoqda. Bu summa “bo‘rilar”ga og‘irlik qiladi.

Ayni paytda “Roma” futbolchilar orasida eng katta maoshni Temmi Abraxam olyapti. Angliyalik hujumchiga poytaxtliklar bir mavsum uchun 4,5 million atrofida mablag‘ ajratishiga kelishilgan.

9-9

“Fiorentina” nishonidan voz kechgani yo‘q

“Fiorentina” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Borxa Mayoralning Florentsiyaga ko‘chib o‘tishiga erishmoqchi.

Ispaniyalik hujumchining transfer huquqi “Real”ga tegishli. Madridliklar “Roma”ga ijaraga berilgan futbolchi Joze Mourino davrida zaxirada qolib ketayotganidan norozi bo‘lyapti. 

Borxaning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Rimni tark etishga tayyor. “Fiorentina” mutasaddilari “Qirollik klubi”ni Mayoralni to‘liq sotishga va transfer summasini bo‘lib to‘lashga ko‘ndirmoqchi.

353a8649b11ebb6e7822afba28d48

A Seriyadagi eng zo‘r hujumchi “Roma”da o‘ynaydi

Ayni paytda Turkiya chempionatida “Adana Demirspor” jamoasini boshqarayotgan “Roma”ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Vinchentso Montella Rim klubi haqida fikr bildirdi.

- “Roma”dan ko‘p narsa kutgandim, lekin hozir hayronman. Ular uchun murakkab davr boshlangan. Jamoa ko‘proq gol urishi uchun anchagina mashaqqat chekishi kerak. Mourino strateg murabbiylardan. U har doim o‘yinchilarning eng yaxshi xususiyatlarini ko‘rsatishiga yordam beradi.

Temmi Abraxam Italiya chempionatidagi eng yaxshi hujumchi, deb bilaman.Lekin u hali bor salohiyatini ko‘rsatgani yo‘q. Jeko ham bor. Edin maydonda bo‘lsa, gol kafolatlangan, - deydi Vichentso Montella.

1234819739.0

 Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi!

“Roma” natija ko‘rsata olmayotgan Mourino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi!

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!