Mourinoga qanday hujumchi ekanimni ko‘rsatib qo‘yaman!

  • 5 fevral, 2022, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarbiyalanuvchisi Borzxa Mayoral joriy mavsumda “Roma” asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin qishki transferlar vaqtida “Xetafe”ga o‘tib ketdi.

Tecno

O‘tgan mavsumda “Roma”ning asosiy to‘purari bo‘lgan futbolchi Rim jamoasini Joze Mourino qabul qilib olganidan keyin etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Avvaliga futbolchining transfer huquqini 20 million evroga sotib olmoqchi bo‘lgan “bo‘rilar” portugaliyalik mutaxassis tavsiyasi bilan bu fikrdan qaytdi.

Borxa Mayoral “Xetafe”ga ko‘chib o‘tganidan keyin “Roma”da vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

- Hozir ishtiyoqni his qilyapman, chunki bir necha oy mobaynida miriqib futbol o‘ynay olmayotgan edim. Bundan tashqari, “Roma” men haqli bo‘lgan o‘yin vaqtini bermaganidan ham g‘azabdaman.

Men uzoq muddat hissiyotlarimni jilovlab keldim, endi esa “Roma”ga qanday hujumchi ekanimni isbotlab qo‘yishga qodirligimni ko‘rsatib qo‘moqchi ekanimni yashirmayman. Maqsadim – Ispaniya terma jamoasiga kirish va bu orzu ushalishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman, - dedi Borxa Mayoral.

Joriy mavsumda ispan hujumchisi “Roma” safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bir juft gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.

Asli “Real”ga tegishli bo‘lgan Mayoral mavsum oxirigacha “Xetafe”da o‘ynaydi va keyin Madridga qaytib keladi. Uning “Roma” bilan yo‘llari boshqa kesishmaydi.

https___therealchamps.com_wp-content_uploads_getty-images_2018_08_1234699300-850x560_1

“Roma” o‘yinchisi: Italiya chempionatini mensishmayapti!

“Manchester Yunayted”da yulduzli onlarini o‘tkazgan Kris Smolling hozirgi paytda “Roma” sharafini himoya qilmoqda. Tajribali himoyachi Italiya chempionati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Italiya chempionatini mensishmayapti. “Roma”ga o‘tishdan oldin ko‘p uchrashuvlarni tomosha qilib chiqdim. Menimcha, A Seriya o‘sishda davom etmoqda, - dedi angliyalik futbolchi.

Kris Smolling o‘n yil davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qilganidan keyin 2019 yili Rimga ko‘chib keldi. “Roma” dastlab uni ijaraga olib, keyinchalik 15 million evroga uning transfer huquqini to‘liq sotib oldi.

32 yoshli futbolchining amaldagi bitimi 2023 yilning iyunigacha davom etadi. Joriy mavsumda Smolling barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib,  uchta gol urishga erishdi.

5db31e9a0f97c_smolling_1

“Roma”da futbolni yomon ko‘rib qoldim!

“Roma”dan “Marsel”ga ko‘chib o‘tgan ispaniyalik darvozabon Pau Lopes Rim klubida futbolga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolganini ta’kidladi.

- “Roma”da futbolga ishtiyoqni yo‘qotib qo‘ydim. Men mashg‘ulotlarda rohatlanmay qo‘ydim. O‘zimni mashg‘ulotlardan chiqib, uyga yo‘l olgandagina baxtiyor his qilardim.

“Roma” muntazam xalqaro maydonda o‘ynaydigan katta klub bo‘lishiga qaramay, futbolga qiziqishni yo‘qotganingdan keyin beri befoyda bo‘lib qoladi, - dedi Pau Lopes.

27 darvozabon “Marsel”dan taklif o‘z vaqtida bo‘lgani aytdi. Frantsiya klubi uni avvaliga ijaraga olib, yanvarda transferini to‘liq sotib oldi.

50113693

Pellegrini “Inter”ga qarshi o‘yinga tayyorlanadi

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini individual mashg‘ulotlarga qaytdi. 25 yoshli o‘yinchini avval olgan jarohati bezovta qilgani uchun ma’lum muddat davolanishiga to‘g‘ri kelgandi.

Il Messaggero nashrining xabar berishicha, Pellegrini sport formasini kutilganidan tez tiklanmoqda va A Seriyaning navbatdagi turida “Jenoa”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin qaydnomasiga kiritiladi. Pellegrini genuyaliklarga qarshi bahsda zaxirada o‘tirishi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino jamoa etakchisidan Italiya kubogining “Inter”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinida foydalanmoqchi. Bu bahs 8 fevralga belgilangan.

Joriy mavsumda Pellegrini jami 20 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va beshta golli pas yozdirib qo‘ydi.

1633247263_pellegrini

Bu transfer amalga oshsa, Shomurodov “Yuventus” yulduzi bilan raqobatlashadi!

Shomurodov eshitdingmi, “Roma”ga hakam yordam berarkan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!