Muhammadni Manchesterda kutishyapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag sobiq jamoasi “Ayaks”dan yana bir futbolchini olib kelishga qaror qildi.
Bu gal manchesterliklar ustozi ganalik hujumchi Muhammad Quddusni nishonga oldi. 22 yoshli futbolchi Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida yorqin o‘yin ko‘rsatib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan edi.
Muhammad maydon markazi va hujum chizig‘ida bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Aynan mana shu xususiyati manchesterliklarga ma’qul kelmoqda.
“Ayaks” rahbariyati ikki yil muqaddam o‘n million evroga olib kelingan Quddusni qo‘yib yuborish uchun kamida to‘rt baravar ko‘p mablag‘ talab qilmoqda.



Fikrlar