Musakko "Milan"da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi himoyachisi Mateo Musakko faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi.
“Rossonerilar” rasmiy saytining xabar berishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchi ayni damda “Milan”da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Musakko tez orada milanliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Ta’kidlash kerakki futbolchining transferi “Milan”ga bonuslar bilan birga 18 mln evroga tushadi. Uning maoshi esa yillik 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Xonda "Milan"dan ketishini e’lon qildi >>>
"Milan" yozda Evropadan eng sara futbolchilarni xarid qiladi>>>

Fikrlar