
MYu "Ayaks"dagi "yangi Neymar"ga ko‘z tikmoqda
"Ayaks"ning braziliyalik futbolchisi Antoni "Manchester Yunayted" klubining qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer tez orada amalga oshishi mumkin. 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Ayaks" sobiq bosh murabbiyi va hozirda MYuga ustozlik qiladigan Erik ten Xagning shaxsan o‘zi ehtiyoj sezmoqda.
Ma’lum qilinishicha, vinger "qizil iblislar" bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Braziliyadan Evropaga uchib ketgan. U bo‘lajak yangi klubi bilan moliyaviy masalalarni kelishib olishni rejalashtirgan.
Fikrlar