MYu futbolchisi Italiyaga qaytishi mumkin

  • 14 may, 16:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkze avvalroq to‘p tepgan Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Italiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, "qizil iblislar" hujumchisini Milanning "Inter" klubi o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. 23 yoshli Zirkzening taxminiy transferi 35 million evroga baholanmoqda.

Joshuaning mankunianliklar bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan. Niderlandiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "Manchester Yunayted" safida 32 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi ushbu bahslarda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!