MYu mag‘lubiyatida kim aybdor?

  • 17.08.2020 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning etakchisiga aylanib qolgan Brunu Fernandesh Evropa Ligasi yarim finalida “Sevilya”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatga izoh berdi.

- O‘tkazilgan gollarda barchamizning aybimiz bor. Birinchi bo‘limda autdan to‘p uzatilganda gol o‘tkazib yuborish mumkin emas. Ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Butun jamoa aybdor. Biz shu kuni yaxshi o‘ynay olmadik. Biz “Manchester Yunayted”da sovrinlarni yutish uchun to‘p suramiz. Shunday ekan, yaxshiroq o‘ynashimiz shart, - dedi Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted” 2017 yildan buyon birorta sovrinni qo‘lga kiritgani yo‘q. Sulsher sovrinlarga da’vogarlik qilish uchun tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirish lozimligini uqtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!