MYu rahbariyati Ronalduning hafsalasini pir qildi

  • 24 iyun, 2022, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati yangi xaridlarni amalga oshirmayotganidan g‘azablanmoqda.

Tecno

“Record” nashri xabariga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik "qizil iblislar"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan "Old Trafford"ga hujumkor futbolni qaytarishga harakat qilmoqda. Ammo, Ronaldu Manchester klubining transfer bozoridagi muvaffaqiyatsiz harakatlari tufayli rahbariyatdan hafsalasi pir bo‘lmoqda. Chunki “Manchester Siti”, “Liverpul” kabi raqiblar o‘z safiga yangi futbolchilarni qo‘shib oldi, biroq mankunianliklar hali ham yangi xarid amalga oshirgani yo‘q. Bu esa portugaliyalik forvardning norozichiligiga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ralf Rangnik boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Premer-ligada oltinchi o‘rinni egallagan edi. Bu yildan e’tiboran Krishtianu boshchiligidagi klub Evropa Ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!