MYu yulduzi o‘ziga yangi raqam tanladi

"Manchester Yunayted" futbolchisi Bruno Fernandesh kelayotgan mavsumda yangi raqam ostida to‘p tepadi. U jamoada endi 8-raqamli libosda harakat qiladi. 

Avval bu raqam Xuan Mataga tegishli edi. U ketgach, uning raqamini Fernandesh egallaydigan bo‘ldi.  

Bruno 2020 yil "Sporting"dan "qizil iblislar" safiga kelib qo‘shilganidan beri 18-raqam ostida harakat qilib kelgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!