Nainggolan sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Kalyari" klubi "Inter xavbeki" Raja Nainggolanga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi Xitoy klublaridan biriga o‘tishni rejalashtirmoqda, ammo u o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan “Kalyari”ning taklifini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “neradzurrilar” ham Nainggolanni tarkibda olib qolishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Nainggolan o‘tgan mavsum “Inter” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar