
Nani MLSda debyut golini urdi (video)
AQShning "Orlando Siti" klubida faoliyat olib borayotgan Luish Nani MLSning "Kolorado Repids" (4:3) klubiga qarshi bahsda dubl qayd etishga erishdi. E’tiborlisi, bu uning chempionatdagi debyut gollari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi "Orlando Siti" klubiga joriy yilning fevral oyida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2021 yilgacha shartnoma imzolagan edi.
Ma’lumot uchun, Nani faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Fenerbaxche", "Valensiya", "Latsio" va "Sporting" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar