
"Napoli" va "Roma" kelishuvi ortidan "Yuve" top hujumchini qo‘lga kirita olmaydi
"Yuventus", "Milan" va "Roma" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rmoqchi.
Ta’kidlanishicha, 26 yoshli forvard uchun kurashda "Yuventus" etakchilik qilmoqda, biroq neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis Milikni turinliklarga sotmoqchi emas.
CalcioMercato nashriga ko‘ra, klub rahbariyati Milikni "Roma" xavbeki Jengiz Underga almashtirishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq, Milik transferi bo‘yicha Madridning "Atletiko"si yaxshigina taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar