
"Nasaf" derbida ustun keldi
Mavsum restartiga tayyorlanayotgan "Nasaf" hamda "Sho‘rtan" jamoalari bugun o‘zaro nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba erishdi. Bobir Abduxoliqov hamda Marko Stanoevich tomonidan kiritgan gollarga g‘uzorliklar safida Shokir Yo‘ldoshev bir bor javob qaytardi.
Ma’lumot uchun, "ajdarlar" Superliga 4-turini o‘z maydonida "Navbahorg"ga qarshi o‘tkazsa, "Sho‘rtan" jamoasi esa 3 iyul kuni Pro liga 1-turi doirasida "Istiqlol" bilan kuch sinashadi.
Nazorat o‘yini
"Nasaf" - "Sho‘rtan" 2:1
Gollar: Bobir Abduxoliqov (15), Marko Stanoevich (27) – Shokir Yo‘ldoshev (23)
Fikrlar