"Nasaf" uchun OChL-2017 poytaxtda boshlanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

OChLda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan 3-jamoa, Qarshining "Nasaf" klubi O‘zbekiston jamoalari orasida OChLdagi yurishini birinchi bo‘lib boshlaydi. Jamoa 31 yanvar kuni Bahraynning "Al Hidd" klubini O‘zbekisonda qabul qiladi.

Avvalroq "Nasaf" o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda rekonstruktsiya ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, xabarda qurilish ishlarining bahor faslida tugashi haqida ham qayd etgan edik.

Shu boisdan  "ajdarlar" OChL-2017ni Toshkent shahrida boshlaydi. Hozircha o‘yinning qaysi stadionda boshlashi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, agarda "Nasaf" 31 yanvarda "Al Hidd"ni mag‘lub eta olsa, fevral oyi boshida Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi mehmoni bo‘ladi. Xullas "ajdarlar" OChL guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun har ikki bahsda ham zafar quchishlari kerak bo‘ladi.

Azamat Umarov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!