
“Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvida muxlislarga bepul iftorlik beriladi
Xabaringiz bor ertaga Coca-Cola Superliganing 9-turida “Navbahor” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvida ro‘zadorlarga bepul iftorlik beriladi.
Ta’kidlash kerakki, muxlislar ushbu uchrashuvga chiptalarni 2,11, 12, 21-sektorlar uchun 30 ming, 3,10, 13, 20-sektorlar uchun 20 ming, 4,5, 6, 7, 8 ,9, 14, 15, 16, 17, 18, 19-sektorlar uchun 15 ming so‘mdan xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Metallurg” o‘yini ertaga soat 18:40da start oladi.
Fikrlar