"Navbahor" - "Bunyodkor" va “Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvi qachon efirga uzatiladi?
Xabaringiz bor kecha Superliganing 3-turidan o‘ri olgan “Navbahor” va “Bunyodkor” (2:3) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Afsuski, Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lgan o‘yin jonli efirda namoyish etilmadi. SPORTS.uz muhbiri Shahzodbek Xolboev bergan ma’lumotlarga ko‘ra futbol ishqibozlari ushbu bahsni yozib olingan holda bugun bo‘lib o‘tadigan “So‘g‘diyona” – “Surxon” (19:15da boshlanadi) uchrashuvidan so‘ng “Sport” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin.
Ushbu bahs yakunlangach esa bugun bo‘lib o‘tadigan “Buxoro” – “Qizilqum” o‘yini yozib olingan holda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar