"Navbahor": Otabek G‘ulomxo‘jaev yosh va mahoratli futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda

  • 28 dekabr, 2019, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumning 2-davrasidan boshlab, Namanganning “Navbahor” klubida o‘sha paytda O‘zbekiston U-19 yoshlar bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan yosh va mahoratli mutaxassis Otabek G‘ulomxo‘jaev selektsioner murabbiy sifatida ish boshlagandi.

Ushbu mutaxassis borasida to‘liqroq to‘xtaladigan bo‘lsak, Otabek G‘ulomxo‘jaev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘z paytida futbolchi sifatida faoliyat yuritib, Toshkentning “Mirobod” (2-liga, 1999 yil), shuningdek, o‘sha paytda O‘zbekiston chempionatining oliy ligasida ishtirok etgan “Traktor” (Toshkent) klubining o‘rinbosarlar (2000 yil), bundan tashqari, Andijonning “Andijon” (2001 - 2002 yillar) jamoalarida to‘p tepgan.

Afsuski, jiddiy jarohat sababli, G‘ulomxo‘jaev 2002 yili, ya’ni, ayni kuchga to‘lgan, navqiron 20 yoshidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng, Otabek G‘ulomxo‘jaev murabbiylik faoliyaini boshlab, 2003 – 2007 yillar davomida “Paxtakor” futbol akademiyasi, 2008-2019 yillar mobaynida esa “Bunyodkor” futbol akademiyasida faoliyat olib bordi.

Shuningdek, G‘ulomxo‘jaev 2015-2016 yillarda O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo‘jaevga yordamchi sifatida faoliyat olib borib, Olimxo‘jaev bilan birgalikda mazkur terma jamoani 2016 yili Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan U-16 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga olib borgan.

2018-2019 yillarda esa O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Otabek G‘ulomxo‘jaev yaqinda O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi va endi butun e’tiborini “Navbahor”ga qaratmoqda.

Buning samarasi o‘laroq, yosh hamda kelajagi porloq mutaxassis jamoaning selektsiya ishlarida ancha faol. Boisi, u “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining futbol akademiyalari, shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar hamda yoshlar terma jamoalaridagi faoliyati davomida mamlakatimizning ko‘plab iqtidorli va mahoratli futbolchilarini shug‘ullantirgan hamda ularning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Shu bois, Otabek G‘ulomxo‘jaev ayni paytda yurtimizdagi ko‘plab yosh va mahoratli futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Aynan Otabek G‘ulomxo‘jaevning selektsiya borasidagi sa’y-harakatlari bilan “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga O‘zbekistonning 30 nafarga yaqin eng iqtidorli hamda mahoratli futbolchilari jalb etilishgan. Ulardan qaysinilari murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, o‘sha futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
28/12/2019 19:45
ТРАНСФЕР КАРАНГ УЗБИСТОНДАН 30 НАФАР ЕВРОПАДАН 15 ТА ЛИГОНЕР ВОЙДОДОД ОЛГА ЛОЧИНЛАР
Абдусамат Жураев
28/12/2019 19:42
ХУДО ХОХЛАСА НИЯТЛАР ЗУР НАВБАХОР ШУНЧА ХАРАКАТКА ХОКИМ БУВА КАМИДА ЛИГА ЧЕМ ОСИЕ ЙУЛАНМАНИ ОЛИШ КЕРАК ОЛГА ЛОЧИНЛАР
Абдусамат Жураев
28/12/2019 19:39
НАВБАХОР портлатворяптику трансферни