"Navbahor" rasmiy o‘yinda "Lokomotiv"ni yutgandi, norasmiy bahsda esa...

  • 27 mart, 2021, 19:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini munosabati bilan Coca Cola Superligada biroz tanaffus yuzaga keldi.

Futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini yo‘qotmaslik maqsadida, bugun Toshkentda “Lokomotiv” hamda “Navbahor” jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik bahsi o‘tkazildi.

Ma’lumki, chempionatning ikkinchi turida ham ushbu klublar Toshkentda o‘zaro bellashishgan va unda "Navbahor"ning qo‘li baland kelgandi - 1:2. Endi bo‘lsa, jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvida yana to‘qnash keldilar. Mazkur o‘yinda esa 2:2 hisobi qayd etildi.

Ushbu uchrashuvda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Nikola Tasich, Farhod Mirahmatov, Ehsoni Panshanbe, Quvondiq Ro‘ziev, Abbos G‘ulomov, Islombek Isoqjonov, Slavisha Stoyanovich, Shohruh Mahmudhojiev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Zabihillo O‘rinboev, Sardor Telyakov, Ilhom Aliboev, Xushnud Avilov, Hojiakbar Yunusov, Mirzohid Mirzamahmudov, Sherzod G‘ulomjonov, Bahrom Abdurahimov.

Gollarga “temiryo‘lchilardan” Islom Rashidxonov va Diyor Turopov, namanganliklardan Islombek Isoqjonov hamda Zabihillo O‘rinboev mualliflik qilishdi.

Ta’kidlash joizki, “Lokomotiv” tanaffusga 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketgandi.

Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni kuchaytirgan “lochinlar” zaxiradan maydonga tushgan Zabihillo O‘rinboevning golidan so‘ng, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi va yakunda durangga imzo chekishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!